Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Akademik litseylarga qabul yakunlandi

11-iyul 10:59
Akademik litseylarga qabul yakunlandi

Yakuniy ma’lumotga ko‘ra, akademik litseylarga jami 33 876 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Ularning 62%i o‘g‘il, 38%i qiz bolalar.

Ma’lumot uchun bu yil litseylarga jami 14 534 nafar qabul kvotasi belgilangan.

Eslatma: Prezident qaroriga (PQ-200, 03.07.2023-y.) binoan, akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilingan. Qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

Test sinovlari o‘tkazishning aniq sanalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.