Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Bu yil ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar ham ruxsatnoma oladi

05-iyul 03:55
Bu yil ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar ham ruxsatnoma oladi

Joriy yil kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi.

Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi. Ya’ni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan:

  • yo‘nalish;
  • oliy ta’lim muassasasi nomi;
  • manzil;
  • sanasi va vaqti aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Hozirda ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Vazirlik imtihonlar o‘tkaziladigan sana bo‘yicha tez orada qo‘shimcha xabar berilishini ma’lum qildi.

Avvalroq 2024-yilgi oliygohga kirish imtihon jarayonlari qanday bo‘lib o‘tishi haqidagi infografika taqdim qilingandi.