Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Bu yil kimlar qaysi platformadan ro‘yxatdan o‘tishi kerak?

06-iyul 10:11
Bu yil kimlar qaysi platformadan ro‘yxatdan  o‘tishi kerak?

Bu yil quyidagi platformalar orqali onlayn roʼyxatdan oʼtish imkoniyati yaratilgan:

1. Magistraturaga qabul (1-yuldan 30-iyulga qadar) magistr.edu.uz Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin. Shuningdek, sertifikatlar ro‘yxati havolada.2. Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar) my.edu.uzHujjat topshirish uchun:

  • Fuqarolik pasporti yoki ID karta;
  • Bakalavriat bosqichini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlari;
  • Xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikasiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

3. Oʼqishni koʼchirish (15-iyuldan 5-avgustga qadar) transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga; O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

  • talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
  • davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

4. my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga. O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMga o‘tish uchun imtihon topshiradi.O‘tish ballini to‘plolmaganlar «super-kontrakt» bilan qabul qilinishi mumkin.