Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovi tashkil etilmoqda

Bugun, 22:59
“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovi tashkil etilmoqda

“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovi tashkil etilmoqda

Adliya vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qaroriga muvofiq, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan pedagoglar uchun “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:

  1. Tuman (shahar) bosqichi – o‘qituvchilar internet orqali test sinovlarida ishtirok etadi. Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 20 nafar o‘qituvchi keyingi bosqichga o‘tadi.

  2. Hududiy bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar miqyosida o‘tkaziladi.

  3. Respublika bosqichi – tanlovning yakuniy bosqichi.

Tanlov 2 ta shart bo‘yicha baholanadi va har bir ishtirokchi 40 ballgacha to‘plashi mumkin:

  1. Sohaga oid bilimlar – 10 ballgacha.
  2. O‘qituvchining taqdimoti – 30 ballgacha.

Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagi miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

  1. 1-o‘rin – 30 mln so‘m.
  2. 2-o‘rin – 20 mln so‘m.
  3. 3-o‘rin – 10 mln so‘m.

Tanlov bilan bog‘liq xarajatlar Adliya vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.