Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Imtiyozlar guldastasi - OTMga kirish uchun 43 ta turdagi imtiyozlar mavjud (to‘liq ro‘yxat) (2024)

19-iyun 11:10
Imtiyozlar guldastasi - OTMga kirish uchun 43 ta turdagi imtiyozlar mavjud (to‘liq ro‘yxat) (2024)

2023-yil boshida OTMlarga kirishda beriladigan imtiyozlar ro‘yxati tasdiqlangan. Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida 43 ta turdagi imtiyozlar mavjud.

Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy saytida alohida guruhlanishicha, imtiyozlar bir-biridan farq qiladi:

– Imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar

– Imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar;

– Tegishli fan bo‘yicha imtihondan ozod etilib, ma’lum miqdorda ball berishga asos bo‘luvchi imtiyozlar;

– To‘plangan ballga nisbatan qo‘shimcha ball berish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar;

– Qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish uchun asosbo‘luvchi imtiyozlar;

– Qo‘shimcha imtiyozlar.

Imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar

  • Harbiy qism qo‘mondonligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tavsiyanomasiga ega abituriyentlar
  • Harbiy xizmatchilarning farzandlari
  • Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari
  • Bojxona organlari xodimlarining farzandlari
  • Respublika va xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari
  • Respublika va xalqaro shaxmat va shashka turnirlari g‘oliblari
  • Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari
  • “Nihol” mukofoti sohiblari
  • Madaniyat vazirligining respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblari
  • “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari
  • “Tarbiyachi” respublika tanlovi g‘oliblari
  • “Hamshira” respublika tanlovi g‘oliblari
  • O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolari
  • Xalqaro olimpiadalar g‘oliblari
  • Prezident maktablari bitiruvchilari

Imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar

  • Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari
  • Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilari
  • “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari
  • Profilaktika inspektorlari

Tegishli fan bo‘yicha imtihondan ozod etilib, ma’lum miqdorda ball berishga asos bo‘luvchi imtiyozlar

  • Respublika fan olimpiadalari g‘oliblari
  • Chet tili sertifikatiga ega abituriyentlar
  • Musiqa, raqs, teatr, folklor, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha respublika va xalqaro tanlovlar g‘oliblari
  • “Bolalar sport o‘yinlari”ning respublika bosqichi g‘oliblari
  • Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega abituriyentlar

To‘plangan ballga nisbatan qo‘shimcha ball berish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar

  • “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilari
  • Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilari

Qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish uchun asosbo‘luvchi imtiyozlar

  • Olis cho‘l hududlari aholisi
  • Bobotog‘ hududidagi yoshlar
  • Harbiy xizmatchilarning farzandlari
  • Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari
  • Bojxona organlari xodimlarining farzandlari
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar
  • Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar
  • Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar
  • Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari
  • Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlar
  • O‘rmonchilar va ularning farzandlari
  • Besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar
  • Oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar

Qo‘shimcha imtiyozlar

  • Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilari
  • Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar
  • Prezident grantiga da’vogar abituriyentlar
  • Hokim yordamchilari

Bundan tashqari, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik stajga ega bo‘lgan xotin-qizlarga Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan 3 yil amal qiladigan tavsiyanoma beriladi va ular shu tavsiyanoma asosida alohida kvota doirasida o‘qishga qabul qilinadi.

Iqtisod tarmoqlarida ishlayotgan kamida 5 yillik stajga ega bo‘lgan fuqarolar tegishli tavsiyanoma bilan suhbat asosida mos OTMlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Ularga 5 yil ishlab berish sharti qo‘yiladi.

Imtiyozlarning to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin