OTMlarga hujjat topshirishda istalgan yo‘nalishini tanlash mumkin (ta’lim shaklida cheklovlar bo‘lmaydi)
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Endi OTMlarga hujjat topshirishda ta’lim shakllari cheklanmaydi
Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida ma’lum qildi.
"Avvallari abituriyentga 1 ta’lim shakli bo‘yicha 5 tagacha yo‘nalishni tanlash imkoniyati taqdim etilgan bo‘lsa, hozirda talabalar ta’lim shaklidan qat’i nazar o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlarni tanlashlari mumkin.
Bunda talabalar bitta yo‘nalishni tanlab, ta’lim shakliga ko‘ra barchasida ham ishtirok etishi mumkin," – dedi Majid Karimov.
Ta’kidlash lozim, oldinroq OTMga kirish imtihonlarida shaffoflikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berilgandi