Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Rasman: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi.

06-aprel 17:00
Rasman: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi.

Daliyev Shoxrux Hojiakbarovich oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar uzoq yillardan buyon Vazirlar Mahkamasida turli mas’ul lavozimlarda ishlab kelayotgan edi.

Mahkamov Otabek Muxtorovich oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar Prezident Administratsiyasida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan Komiljon Karimov Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti rektori etib tayinlandi.

Shahlo Turdiqulova ham oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

U Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti lavozimida ish boshlaydi.