Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?

Bugun, 00:29
Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?

Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?

Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

O‘z xohishiga binoan;

O‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;

O‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;

Bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;

O‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);

Talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;

Sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);

Vafot etganligi sababli.

Shuningdek, talaba harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, bolalarni parvarish qilish kabi hollarda akademik ta’til olish huquqiga ega.