Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Urganch davlat universiteti davlat xaridlarida qariyb 30 mlrd so‘mlik qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan – Raqobat qo‘mitasi

20-sentabr 01:41

Raqobat qo‘mitasi tomonidan Urganch davlat universitetining talabalar turar joyi binosi qurilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tender savdosi qonunga zid deb topildi. Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bu savdo qonuniy talablarga javob bermagan.

Xorazm viloyati prokuraturasi topshirig‘iga asosan o‘tkazilgan tekshiruvda, universitet davlat xususiy sherikchiligi asosida 7 qavatli, 600 o‘rinli talabalar turar joyi binosi qurilishi bo‘yicha boshlang‘ich narxi 29,7 mlrd so‘m bo‘lgan tender savdosi yuzasidan qonunbuzarliklar aniqlangan.

Urganch davlat universiteti “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga obyektni noto‘g‘ri toifa bo‘yicha joylashtirgani sababli, boshqa viloyatdagi qurilish tashkilotlarining tenderda ishtirok etishi cheklangan.

Bu masala yuzasidan "Raqobat to‘g‘risida"gi qonunning 29-moddasi buzilgan deb topilib, tegishli jarayonlar sud organlariga yuborildi.