Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Pedagog xodim qanday hollarda malaka oshirishga jalb etilmaydi?

03-iyul 05:22
Pedagog xodim qanday hollarda malaka oshirishga jalb etilmaydi?

Javob: Xodim uning mehnat ta’tili yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi davrida malaka oshirishga jalb qilinmaydi.

Xodimlarning har yili belgilangan davomiylikdagi malaka oshirish dasturlarini o‘zlashtirishi va belgilangan hajmdagi kredit ballarini yig‘ishlari majburiy hisoblanadi.

Malaka oshirish kursi dasturini to‘liq o‘zlashtirgan tinglovchilarga kursni tashkil qilgan ta’lim muassasasi tomonidan davlat namunasidagi elektron generatsiya qilingan va elektron imzo yoki uning muqobil shakldagi hujjatni tasdiqlovchi vositalar (QR-kod, shtrixkod) bilan tasdiqlangan hujjat (sertifikat) beriladi.