Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Texnikumni bitirib OTMlarga ikkinchi kursdan o‘qishga kirish uchun belgilangan kreditni to‘plashi kerak

21-iyun 11:42
Texnikumni bitirib OTMlarga ikkinchi kursdan o‘qishga kirish uchun belgilangan kreditni to‘plashi kerak

Hukumatning tegishli qarori (11.01.2022 yildagi 17-son) bilan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi joriy etilgan edi. Bu tartib joriy yilgi qabulda ham davom ettirilmoqda.

Texnikum bitiruvchilari uchun shartlar

Texnikumdagi o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi) bo‘lgan, biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) 5 (a’lo) bo‘lgan bitiruvchilar muvaffaqiyatli tamomlaganlar hisoblanadi. Ushbu yoshlar tegishli ta’lim yo‘nalishiga suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Kredit-modul tizimi joriy etilishi

Asosiy o‘zgarishlardan biri, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda kredit-modul tizimi joriy etilganligidir. Endi talabalar OTMlarga suhbat asosida ikkinchi kursdan o‘qishga kirishlari uchun belgilangan darajadagi kreditni yig‘ishi kerak bo‘ladi. Yetarlicha kreditni to‘plagan, faol bitiruvchilargina suhbat bosqichiga o‘tadi.

Suhbat bosqichidan o‘tish

Ikkinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tganlar tegishli yo‘nalish doirasida OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. Ushbu yangi tartib 2023/2024-o‘quv yilida texnikumga qabul qilinganlarning o‘qishni tugatadigan yilidan boshlab kuchga kiradi.