Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Keyingi yildan kollej, texnikumlar qabulida ham testdan keyin yo‘nalish tanlanadi

29-may 17:34
Keyingi yildan kollej, texnikumlar qabulida ham testdan keyin yo‘nalish tanlanadi

2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab barcha davlat kollej va texnikumlariga “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq qabul qilishda abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini oliy ta’lim muassasalariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.